Telegram Ads boshqaruvi
Telegram Ads kampaniyalaringizni to'liq boshqaramiz: auditoriya kanallarini tanlaymiz, reklama matnini yozamiz, CPS'ni kuzatamiz. Narxi: reklama byudjeti + 15% boshqaruv haqi.
Byudjet ketadi, lekin qaysi kanal obunachi berdi, qaysi biri pulni yedi, bilib bo'lmaydi.
CPS Himoyasi
Har bir so'm qaysi kanalda qancha obunachi berganini ko'rasiz. Qimmat kanal byudjetni yemaydi.
Nimalar kiradi
- CPS chegarasini hisoblashBitta obunachi uchun qancha to'lash mumkinligi biznesingiz raqamidan chiqariladi.
- 3 ta reklama matniBitta matnga tikmaymiz, eng arzon natija berganini qoldiramiz.
- Auditoriya kanallari ro'yxatiMijozlaringiz o'qiydigan kanallar qo'lda tanlanadi.
- Kanal bo'yicha hisobotHar kanalning CPM va CPS raqami bitta jadvalda.
- CPS kalkulyatoriNatijani o'zingiz ham tekshira olasiz.
Kanal kelishilgan CPS chegarasidan oshsa, 2 ish kuni ichida to'xtatamiz. Kechiksak, shu kanal xarajatidan olingan boshqaruv haqi qaytariladi.
Bir vaqtda faqat byudjetni har kuni kuzata oladigan miqdorda loyiha olamiz.
Nimalarni qilamiz
- Maqsad va CPS chegarasini kelishamiz.
- Auditoriyangiz o'qiydigan kanallarni tanlaymiz.
- Bir nechta reklama matnini yozib sinaymiz.
- Qimmat kanallarni o'chirib, arzonlariga byudjet o'tkazamiz.
- Natijani hisobotda raqam bilan ko'rsatamiz.
Kimlar uchun emas
Betting, forex, trading, kripto marketingi, kredit va foizli mahsulotlar, siyosat va din mavzulari hamda aldov reklamasi bilan ishlamaymiz.
Mavzu bo'yicha maqolalar
Telegram Ads O'zbekistonda qanday ishlaydi?
Telegram Ads nima, O'zbekistonda qanday ishga tushiriladi, kimga mos va kanalga oddiy reklamadan farqi. 2026 yil uchun amaliy qo'llanma.
5 daqiqa o'qishCPS va CPM nima va qanday hisoblanadi?
Telegram reklamasida CPS va CPM formulalari, hisoblash misollari va reklamani to'xtatish chegarasini qanday topish.
3 daqiqa o'qishKo'p so'raladigan savollar
Telegram Ads boshqaruvi qancha turadi?
Reklama byudjeti ustiga 15% boshqaruv haqi olinadi. Byudjetni mijoz to'laydi.
Telegram Ads natijani qanday o'lchaysiz?
Asosiy ko'rsatkichlar CPM va CPS: ming ko'rish narxi va bitta obunachi narxi. Hisobotda shu raqamlar kanal va reklama bo'yicha ko'rsatiladi.
Telegram Ads hamma biznesga mosmi?
Yo'q. Mahsulot Telegram'da sotilmasa yoki kanal kam yuritilsa, avval kanal va taklifni tayyorlash kerak.