Telegram kanalingizni o'stiramiz
Strategiya, Telegram Ads va 57k+ obunachili tarmoq bilan kanalingizni o'stiramiz. Kundalik kontentni jamoangiz qiladi. Tariflar oyiga 7 500 000 so'mdan, reklama byudjeti alohida.
Kontent chiqadi, reklama beriladi, lekin har oy obunachi qancha turishini hech kim aniq aytolmaydi.
90 kunlik Kanal O'sish Sprinti
90 kunda kanalingizda narxi ma'lum, har oy takrorlanadigan o'sish tizimi ishlaydi.
Nimalar kiradi
- 7 kunlik birinchi marraBir haftada birinchi kampaniya ishlaydi va birinchi raqamlarni ko'rasiz.
- 30 kunlik kontent rejaJamoangiz nima yozishni o'ylamaydi, mavzular tayyor.
- Reklama va post shablonlariSinovdan o'tgan tuzilmalar, faqat mahsulotingizni qo'yasiz.
- 57k+ tarmoqda reklamaO'z kanallarimizda joy tarifga kiradi.
- CPS hisobotiHar so'm qayerga ketgani jadvalda, o'z kanallarimizga ketgani ham ochiq.
1-oyda kelishilgan obunachi narxiga (CPS) yetmasak, 2-oy xizmat haqi olinmaydi. Shart: byudjet o'z vaqtida to'lanadi va kanalda haftasiga 5+ post chiqadi.
Oyda bir marta start: keyingi start 1-dekabr. Bir vaqtda jami 2 ta mijoz, Premium'da faqat 1 ta.
| Biz qilamiz | Mijoz qiladi |
|---|---|
| O'sish strategiyasi; Telegram Ads boshqaruvi; boshqa kanallardan reklama sotib olish; natijani o'lchash va hisobot | Kundalik kontent (haftasiga 5+ post); reklama byudjetini o'z vaqtida to'lash |
Tariflar
Premium
18 500 000 so'm
oyiga · reklama byudjeti kamida 30 mln, alohida
- O'sish strategiyasi
- Telegram Ads boshqaruvi
- Boshqa kanallardan reklama sotib olish
- Tarmog'imizda har hafta reklama + bot rassilka
- Haftalik hisobot va haftada 1 qo'ng'iroq
- Shartli kafolat
Growth
12 500 000 so'm
oyiga · reklama byudjeti kamida 25 mln, alohida
- O'sish strategiyasi
- Telegram Ads boshqaruvi
- Boshqa kanallardan reklama sotib olish
- Tarmog'imizda 6 ta post
- Haftalik hisobot
Start
7 500 000 so'm
oyiga · reklama byudjeti kamida 15 mln, alohida
- O'sish strategiyasi
- Telegram Ads boshqaruvi
- Tarmog'imizda 2 ta post
- Oylik hisobot
Minimal shartnoma: 3 oy. Bu boshlang'ich narxlar: birinchi muvaffaqiyatli keysdan keyin narx oshadi, amaldagi mijoz esa shartnoma tugaguncha eski narxda qoladi. Bir vaqtda jami 2 tadan ko'p mijoz olmaymiz.
Premium kafolati. 1-oyda kelishilgan obunachi narxiga (CPS) yetmasak, 2-oy xizmat haqi olinmaydi. Shart: byudjet o'z vaqtida to'lanadi va kanalda haftasiga 5+ post chiqadi.
Kimlar uchun emas
Betting, forex, trading va kripto marketingi; kredit va foizli mahsulotlar; siyosat va din mavzusidagi loyihalar; aldov va sifatsiz mahsulotlar.
Ko'p so'raladigan savollar
Reklama byudjeti kimga to'lanadi?
Byudjet xizmat haqidan alohida va uni mijoz to'laydi. Har bir xarajat hisobotda ko'rsatiladi. Byudjetdan bizning kanallarimizga reklama olinsa, bu ham ochiq yoziladi.
Natija qachon ko'rinadi?
Birinchi raqamlar reklama boshlangan haftada ko'rinadi. Barqaror CPS uchun sinov kerak, shuning uchun minimal shartnoma 3 oy.
Shartnoma muddati qancha?
Minimal shartnoma 3 oy. Minimal oylik byudjet shartnomada yoziladi.
Hisobot qanday beriladi?
Start'da oylik, Growth'da haftalik, Premium'da haftalik hisobot va haftada 1 qo'ng'iroq. Kunlik chat yo'q.
Kontentni kim yozadi?
Kundalik kontentni mijoz jamoasi qiladi: haftasiga 5+ post. Bu kanal yuritish xizmati emas.